Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 60 yoshli kiber jinoyatchi sud qilindi (video)

Samarqandda 60 yoshli kiber jinoyatchi sud qilindi (video)

Skrinshot

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi internet orqali 500 nafardan ortiq kishining pulini o‘zlashtirgan 60 yashar Norqul Rahmatov ustidan sud jarayonini o‘tkazdi.

«Zamon» ko‘rsatuvida aytilishicha, Norqul Rahmatov «Elektron gashtak» o‘yinini ishlab chiqqan va bu orqali elektron moliyaviy piramida yaratgan. U avval chetga chiqish qonunchiligini buzgan holda xorijda texnologiya va dasturchilik bo‘yicha malakasini oshirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudyasi G‘ayrat Negmatovning ma’lumot berishicha, ayblanuvchi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida jarimaga tortilgan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Shuningdek, unga yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplash majburiyati yuklatilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring