Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bezorilar qari ayolning boshiga chelak kiydirib, unga musht tushirishdi

Samarqandda bezorilar qari ayolning boshiga chelak kiydirib, unga musht tushirishdi

Foto: «Kun.uz»

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda yurib ketayotgan bir kampirning boshiga chelak kiydirib, uni urgan ikki yigitning videosi tarqaldi. Bosh prokuratura ushbu voqea yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea 2018 yilning may oyi o‘rtalarida sodir bo‘lgan. Samarqand shahridagi «Shodiyona» savdo majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan 46-sonli savdo do‘koni oldida harakatlanib ketayotgan fuqaro B.X.ning orqa tomonidan kelib, R. ismli shaxs uning bosh qismiga chelak kiydirgach, Sh.A. uni qo‘li bilan bir marta urib yiqitgach, hodisa joyidan qochib ketishgan.

Ushbu holat, Sh.A.ning tanishi A.M. tomonidan o‘zining «Samsung» rusumli telefon apparati yordamida video tasvirga olingan  va 2018 yil 06 noyabr kuni D.B.tomonidan «Instagram»ijtimoiy internet tarmog‘i orqali tarqatilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, 2018 yil 10 noyabr kuni Sh.A., A.M., D.B. va R. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «b» va «d» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, Sh.A. va A. M. ushlangan.

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberganovning yozishicha, ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilganlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ham mumkin.

Jinoyat ishi yuzasidan hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring