Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bir oilaning besh a’zosi vahshiylarcha o‘ldirildi. Tergovning borishi ustidan Bosh prokurorning alohida nazorati o‘rnatildi

Samarqandda bir oilaning besh a’zosi vahshiylarcha o‘ldirildi. Tergovning borishi ustidan Bosh prokurorning alohida nazorati o‘rnatildi

Foto: «Xabar.uz»

15.05.2019-yil soat 13:00 larda Qo‘shrabot tumani «Do‘stlik» mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligi yer maydonidan «Damas» rusumli avtomashina o‘rta va orqa o‘rindiqlarida Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan, fermer xo‘jaligi ishchisi A.X. (1969-y.t.), uning turmush o‘rtog‘i, uy bekasi Z.X. (1974-y.t.), o‘g‘illari J.I. (1998-y.t.), A.I. (2002-y.t.) va O.I. (2004-y.t.)larning murdalari, har birining bosh va yuz sohalarida og‘ir tan jarohatlari, ya’ni qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joyiga zudlik bilan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Bosh prokuratura O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqdilar.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Ishtixon tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur mudhish jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari tun-u kun amalga oshirilmoqda.

Tergovning borishi ustidan Bosh prokurorning alohida nazorati o‘rnatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring