Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan vafot etdi

Samarqandda bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan vafot etdi

Samarqand viloyati Narpay tumanida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi. Bu haqda Kun.uz Samarqand viloyat prokuraturasiga asoslanib xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 22 oktyabr kuni Narpay tumani Narpay mahallasida yashovchi fuqaro J.S., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandi yashash uyida tashqi tomonidan tan jarohatlarsiz topilgan.

Dastlabki tekshiruvda ularning is gazidan vafot etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 22 oktyabr kuni hodisa yuzasidan Narpay tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a»,«b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi tergov harakatlarni o‘tkazish uchun Narpay tuman IIBga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring