Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ehtiyojmandlarga ajratilgan arzon unning qopiga 15 ming so‘m qo‘shib sotgan mahalla raisi qamaldi

Samarqandda ehtiyojmandlarga ajratilgan arzon unning qopiga 15 ming so‘m qo‘shib sotgan mahalla raisi qamaldi

Foto: «Daryo»

Samarqand viloyatining Urgut tumanida ehtiyojmand oilalar uchun mo‘ljallangan arzon unning bir qopiga 15 ming so‘mdan qo‘shib sotgan mahalla raisi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 18 aprel kuni Urgut tumani «Yuqori Qayroqli» MFY raisi O‘.A. 145 ming so‘mdan sotilishi lozim bo‘lgan 48 qop unni mahalla fuqarolariga 160 ming so‘mdan sotgan.

Sud majlisida MFY raisi o‘z aybiga iqror bo‘lib, uyiga un so‘rab kelganlarga 145 ming so‘mlik unni 160 ming so‘mdan sotganini tan oladi.

Urgut tuman Ma’muriy sudi raisi Akmal Alimovning ma’lum qilishicha, fuqaro O‘.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismi (Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati amalga oshirish), 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan aybli deb topilgan va 1 million 115 ming so‘m jarima hamda 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring