Samarqandda elektr korxonasi muhandisi qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidantezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda tuman ETK korxonasi muhandisi A.N. va fuqaro Z.J. tadbirkor A.A.ning ishonchiga kirib, umumiy ovqatlanish shoxobchasining elektr ta’minotidan 35,9 mln so‘m qarzdorligini kamaytirib berish evaziga 15 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter