Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi

Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati.

Bugun, 14-oktyabr kuni soat 6:20 larda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida Nexia haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib kelib, boshqaruv vaqtida uxlab qolgan. 

Natijada, avtomobil yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH oqibatida, transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Mashina salonida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi tibbiyot esa birlashmasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring