Samarqandda 13 yoshli qiz homilador bo‘lib qoldi. Aybdorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 63-umumta’lim maktabida tahsil oluvchi 13 yoshli o‘quvchi qiz homilador ekani aniqlandi.
Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 13 yoshli qizning homilador bo‘lib qolishi yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro F.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter