Samarqandda lift va kameraga tupurgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

Samarqand shahrida 23 fevral kuni lift va u yerda o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga tupurgan shaxsga jazo tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi X.J. (1993 yilda tug‘ilgan) mast holatda Samarqand shahar Qorasuv mavzesidagi 83-ko‘p qavatli uyning liftiga va u yerda o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga tupurib, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.
Sodir etgan qoidabuzarligi uchun unga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter