Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda mast fuqaro 14 yoshli qizni o‘g‘irladi

Samarqandda mast fuqaro 14 yoshli qizni o‘g‘irladi

Foto: Samarqand viloyati IIB,

Shu yilning 8-mart kuni soat taxminan 8:00larda, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro S.U. mast holda oq rangli «Neksiya-3» rusumli avtomashina bilan Samarqand shahar Dahbed ko‘chasidagi o‘quv markazi oldida turgan 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga o‘zini kirakash deb tanishtirgan.

So‘ngra uni uyiga olib borishini aytib, aldab o‘tirg‘izib, uyiga olib bormasdan, boshqa tomonga boshqarib ketgan.

Qiz mashinadan tushib qolmoqchi bo‘lganda erkak mashina eshiklarini qulflab qo‘ygan va mashinani Oqdaryo tumani Boshdarxon MFY, Yangiobod qishlog‘igacha boshqarib borib, avtomashinasini shinasi bosimi chiqib ketganligi sababli avtomashinadan tushib, g‘ildiraklariga qarayotgan vaqtida qiz mashinadan tushib, qochib ketib, shu yerda bo‘lgan fuqarolardan yordam so‘ragan, deyiladi viloyat IIB xabarida.

Holat yuzasidan qizning yaqinlari huquqni muhofaza qilish organlariga ariza bilan murojaat qilgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida S.U. qo‘lga olinib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 137-moddasi (Odam o‘g‘irlash) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring