Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Milliy gvardiya xodimi va advokat pora bilan qo‘lga tushdi

Samarqandda Milliy gvardiya xodimi va advokat pora bilan qo‘lga tushdi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida 1990-yilda tug‘ilgan Oqdaryo tumanida yashovchi, Milliy gvardiya Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumani qo‘riqlash bo‘limi xodimi F.O. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilib fuqarodan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, boshqarma tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbir davomida, advokat Sh.A. mahalliy fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishini bekor qilish maqsadida o‘zining mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilib, buning uchun fuqarodan 600 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan JKning 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring