Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi

Samarqandda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi

2024-yilda Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi.

Bu borada Prezidentning «Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi PQ-323 – son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, «Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulug‘bek ilmiy-ma’rifiy merosining o‘rni va ahamiyati» mavzusida ilmiy-adabiy tadbirlar ham o‘tkaziladi.

Shuningdek, davlat teatrlari va talabalar teatr-studiyalarida Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyatiga oid spektakllar sahnalashtiriladi.

Samarqand shahrida 2024-yil 10-11 oktyabr kunlari «Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi» mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

«Ziji jadidi Ko‘ragoniy» asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida, «To‘rt ulus tarixi» nomli tarixiy asarining o‘zbek tiliga tarjimasi qayta nashr qilinadi.

Bundan tashqari, 2024-yil oktyabr oyida:

  • ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida Mirzo Ulug‘bek asarlari nashrining taqdimotlari o‘tkaziladi;
  • Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Mirzo Ulug‘bek davriga oid asarlar qo‘lyozmalarining ko‘rgazmasi tashkil etiladi;
  • Mirzo Ulug‘bek haqida yaratilgan «Osmon toqiga qo‘yilgan narvon» nomli hujjatli film taqdimoti uyushtiriladi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring