Samarqandda o‘smir bolani kaltaklaganlar ma’muriy qamoq jazosiga tortildi
Joriy yilning 30-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Hazora mahallasida yosh o‘smirning kaltaklanayotgan holati tasvirga olingan video tarqalgandi. Ko‘p o‘tmay mazkur tasvir yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabari berildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, kuni kecha mazkur holat yuzasida sud bo‘lib o‘tdi.
Samarqand shahar ma’muriy sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzar I.X.ga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (MJtK) 183-moddasi, 195-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan 12 (o‘n ikki) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Ikkinchi huquqbuzar Z.I. ham MJtKning ayni moddalarida ko‘rsatilgan qimlmishlarni sodir etgan deb topildi. Endi u sud qaroriga ko‘ra, 11 (o‘n bir) sutka «o‘tiradigan» bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter