Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda yigit yosh qizni kaltakladi. IIB izohi

Samarqandda yigit yosh qizni kaltakladi. IIB izohi

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqda «Samarqandda 21 yashar qiz kaltaklandi» sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Viloyat IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev holat yuzasidan izoh berdi. 

Aniqlanishicha, 21mart kuni Samarqand shahri Bag‘dod ko‘chasida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan U.T., tanishi 2000 yilda tug‘ilgan X.I. bilan o‘zaro tortishib qolishi natijasida X.I. uni urib tan jarohati yetkazgan.

Holat viloyat IIB nazoratiga olingan bo‘lib, hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring