Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda o‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf tug‘dirgan Nexia-3 haydovchisiga chora ko‘rildi

Samarqandda o‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf tug‘dirgan Nexia-3 haydovchisiga chora ko‘rildi

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati

O‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf tug‘dirgan Nexia-3 haydovchisiga chora ko‘rildi, bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

2023-yil 25-fevral kuni soat 13:35 larda M-37 xalqaro avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi qismida Nexia-3 haydovchisi o‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf tug‘dirgan holda harakatlangan. U o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi mashinalar harakatiga xalaqit bergan.

Samarqand viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu transport vositasi va haydovchisi topilib, haydovchiga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilib haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring