Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda piyodani urib yuborib, qochib ketgan «Nexia» haydovchisi ushlandi

Samarqandda piyodani urib yuborib, qochib ketgan «Nexia» haydovchisi ushlandi

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda «Samarqandda piyodani Neksiya urib ketdi, natijada Kobalt haydovchisi yerda yotgan fuqaroni ko‘rmasdan ustidan bosib o‘tib ketdi» nomli video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Holatga Samarqand viloyati IIB axborot xizmati oydinlik kiritdi.

Aytilishicha, 2022-yilning 6-mart kuni, soat 23:55 lar atrofida «Nexia» avtomashinasi Samarqand shahrining Firdavsiy ko‘chasida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Haydovchi to‘xtamasdan, voqea joyidan ketib qolgan. «Nexia» ortidan harakatlanib kelayotgan «Cobalt» avtomashinasi piyodaning ustidan bosib ketgan.

Tan jarohati olgan piyoda RShTYoIM Samarqand filialiga yotqizilgan.

Olib borilgan tadbirlar natijasida «Nexia» haydovchisi ushlandi. U 1999-yilda tug‘ilgan A.Sh. ekani aniqlandi, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring