Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda qiz istirohat bog‘ida attraksiondan chiqib ketdi (video)

Samarqandda qiz istirohat bog‘ida attraksiondan chiqib ketdi (video)

Skrinshot: «Zamon»

12-may kuni Samarqanddagi «Yoshlik» istirohat bog‘ida ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bog‘dagi attraksionlardan birida uchayotgan qizlardan biri undan chiqib ketgan. Mazkur hodisa tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

«Zamon» ko‘rsatuvi ijodkorlari mazkur voqeani o‘rgandi.  Aniqlanishicha, jabrlangan qiz attraksion to‘xtashi arafasida bilmasdan turib himoya kamarini yechib yuborgan va yerga yiqilgan. Tadbirkor (attraksion egasi) Navro‘z Haydarovning aytishicha, qurilmada nosozlik kuzatilmagan. Attraksion yana bir texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Qizning qattiq jabr ko‘rmagani, holati barqaror ekani ma’lum qilingan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring