Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda tibbiyot OTMlari talabalari o‘rtasida xalqaro olimpiada o‘tkazildi

Samarqandda tibbiyot OTMlari talabalari o‘rtasida xalqaro olimpiada o‘tkazildi

Samarqand davlat tibbiyot universitetida «Samarqand-2020» tibbiyot oliygohlari talabalarining III Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro talabalar olimpiadasida Polsha, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Turkiya va Ozarboyjon respublikalaridan 76 ta tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining 120 dan ortiq professor-o‘qituvchilari va 3000 dan ortiq talabalar onlayn va an’naviy tarzda ishtirok etdi.

«Samarqand-2020» tibbiyot oliygohlari talabalarining III Xalqaro olimpiadasining tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti rektori Maxmadshox Kurbonali Gulzoda (Dushanbe, Tojikiston), Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi rektori Aleksey Shklyayev (Ijevsk, RF), Sog‘liq bilimlari universitetining Yevrosiyo sog‘liqni saqlash va ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot markazi direktori Feyzioğlu Aynur (Istanbul, Turkiya), “ANATOMICÁ” jurnali bosh muharriri Barno Ikramova, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti rektori Dmitriy Ivanov (Sankt-Peterburg, RF), «HRV - simulation» direktori Arnaud Cosson (Fransiya) olimpiada ishiga omad tilashdi.

Shundan so‘ng yosh olimlarning ilmiy ishlari va START-UP loyihalari tanlovi o‘tkazildi.

Ishtirokchilar oflayn va onlayn tarzda 70 ta seksiyada 35 ta yo‘nalish bo‘yicha, shu jumladan «Odam anatomiyasi», «OXTA», «Fiziologiya», «Patologik fiziologiya», «Patologik anatomiya», «Sud tibbiyoti», «Tibbiy muloqotda ingliz tili», «Tibbiy biologiya», «Gistologiya, patologiya va embriologiya», «Mikrobiologiya», «Tibbiy kimyo», «Biologik kimyo», «Farmakologiya», «Tibbiyot tarixi, bioetika», «Xirurgiya», «Neyroxirurgiya», «Bolalar xirurgiyasi», «Travmatologiya va ortopediya», «Anesteziologiya va reanimatologiya», «Ichki kasalliklar, «ichki kasalliklar propedevtikasi», «Yuqumli kasalliklar», «Nevrologiya», «Urologiya», «Radiologiya», «Onkologiya», «Oftalmologiya», «Sport tibbiyoti», «Pediatriya», «Akusherlik va ginekologiya», «Terapevtik stomatologiya», «Ortopedik stomatologiya», «Xirurgik stomatologiya va yuz-jag‘ xirurgiyasi», «Bolalar stomatologiyasi», «Otorinolaringologiya» yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Olimpiada g‘oliblari va faol ishtirokchilar 1, 2, 3 darajali diplomlar hamda turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

Xalqaro olimpiada doirasida SamDTU talabalari uchun chet ellik va respublikamizning yetakchi mutaxassislari tomonidan zamonaviy tibbiyotda fundamental fanlar, ilmiy tadqiqot usullari, pediatriya va stomatologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 18 ta master-klass o‘tkazildi.

Shu kuni Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universitetining Yevrosiyo sog‘liqni saqlash va ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot markazi direktori Feyzioğlu Aynur xonimga universitet ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra, SamDTU professori faxriy unvoni berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring