Samarqandda yuk poyezdi 11-sinf o‘quvchisini sudrab ketdi

2021-yilning 18-mart kuni soat taxminan 07:53 da Kattaqo‘rg‘on-28 razezd temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3803-kilometr 7-piketida «Qushbegi» mahallasida yashagan, 35-maktabning 11-sinf o‘quvchisi E.B.ni yuk poyezdi urib yuborgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Fuqaro E.B. temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan yuk poyezdini o‘tkazib, keyin yo‘lda davom etish uchun temir yo‘l yonida turgan. U orqadan kelayotgan sinfdoshlarini kutib turganida yon sumkasi yuk poyezdiga tegib, poyezd uni sudrab ketgan. Natijada o‘quvchi bosh qismidan jarohat olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu kuni vafot etgan.
Mazkur holat mahalla va ta’lim muassasasida jamoatchilik ishtirokida muhokama etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter