Samarqandda «zamdekan» pora olayotib qo‘lga tushdi
DXXning Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dekan o‘rinbosarining jinoiy xatti-harakatlariga chek qo‘yildi.
Samarqand davlat chet tillari instituti ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari, Samarqand tumanida yashovchi I.O. fuqaroni Janubiy Koreyaning Yodju texnika instituti Samarqand filialiga 6 ming AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, kelishilgan pulning 1000 dollarini oldindan oladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida I.O. 4800 AQSh dollarini fuqarodan olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ayni paytda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter