Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda «zapravka»dagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Samarqandda «zapravka»dagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi AYoQShda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 8-iyul kuni soat 14:36 da Samarqand viloyati Samarqand tumani «Qunduzsufiy» MFYda joylashgan AYoQSh hududida yer ostida joylashgan 25 tonnali sig‘imda payvandlash ishlari olib borayotgan vaqtida portlash sodir bo‘lib, sig‘imdagi, taxminan, 50 litr solyarka mahsuloti yongan.

Voqea joyiga zudlik bilan 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 14:43 da yetib borib, yong‘in soat 14:50 da o‘rab olingan va soat 15:10 da to‘liq bartaraf etilgan.

Portlash shoxobcha hududida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida kelib chiqqan.

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro halok bo‘lgan va yana bir nafari kuyish tan jarohatini olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring