Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi «amerikacha» orzu chippakka chiqdi

Samarqanddagi «amerikacha» orzu chippakka chiqdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro S.S. fuqaro M.A.ni 18 000 AQSh dollari evaziga Turkiya, Qatar va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, shundan 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.U. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘li D.N.ni Koreya davlatiga ishga yuborish uchun tanishlari yordamida viza olib berishi evaziga 2 600 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 300 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh tomoni Meksika orqali mamlakatga kirmoqchi bo‘lganlar deportatsiya qilinishini ma’lum qilgandi. Keyinroq 120 dan ortiq o‘zbekistonlik ortga qaytarilgani ma’lum bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring