Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohi kengaytirilmoqda

Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohi kengaytirilmoqda

Ziyoratgohning umumiy maydoni 44 gektarga kengaytirilgan. Yangi majmuada muzey ham tashkil etiladi, u yerda Muhammad alayhissalomning shajarasi va boshqa ma’lumotlar joylashtiriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni Samarqandga tashrif buyurdi. U avvalo Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Ziyoratchilarga sharoitlarni kengaytirish maqsadida bu yerda ulkan majmua barpo etilmoqda.

Ziyoratgohning umumiy maydoni 44 gektar etib kengaytirilgan. Mo‘’tabar maqbara, 10 ming kishilik masjid va ma’muriyat binosi qurib bitkazilgan. Majmuaning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bag‘ishlagan.

Prezident tomonidan Imom Buxoriyning buyuk izlanishlari va bilimi bu yerga keluvchilar uchun ezgu namuna bo‘lishi qayd etildi.

Shu maqsadda yangi majmuada innovatsion muzey ham tashkil etilmoqda. Muzeyda Qur’oni karimda ismlari zikr qilingan 25 ta payg‘ambar tarixi, Muhammad alayhissalomning shajarasi, Makka va Madinadagi hayoti, hadislarning jamlanishi va yozilishi haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.

Ziyoratgoh atrofida mehmonxona va boshqa xizmat ko‘rsatish binolari ham qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring