Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi «oltin tog‘i» ishi noxush yakunlandi

Samarqanddagi «oltin tog‘i» ishi noxush yakunlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro S.H. boshqa bir fuqaro F.D.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida «Qoraqo‘ton» tog‘ida oltin qazib olishi uchun sharoit yaratib berishi evaziga 1 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring