Samarqanddagi parranda fabrikasida portlash sodir bo‘lgani aytilmoqda

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi parranda fabrikasida portlash sodir bo‘lgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqalmoqda.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, bugun, 30 mart kuni soat taxminan 10:40 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan eski tovuq fabrikasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.
«Shunga ko‘ra, viloyat FVB mas’ul xodimlari tomonidan voqea joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yaqin vaqtlarda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi», deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter