Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandning qator ko‘chalarida harakat cheklanadi

Samarqandning qator ko‘chalarida harakat cheklanadi

Foto: Xabar.uz

Triatlon bo‘yicha «Challenge Samarkand» xalqaro musobaqasi hamda O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqand shahrining qator ko‘chalarida avtomobil harakati vaqtinchalik cheklanadi.

2023 yilning 16 va 17 sentabr kunlari Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida triatlon bo‘yicha ilk bor «Challenge Samarkand» xalqaro musobaqasi hamda O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan Samarqand shahrining quyidagi yo‘nalishlarda avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadi:

Shohizinda ko‘chasining Shohzinda-Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chalari chorrahasidan, Shohizinda-M37A avtomobil yo‘li chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Rudakiy ko‘chasining Rudakiy-Ibn Sino ko‘chalari chorrahasidan, Siyob bozorigacha bo‘lgan qismi;

Nomozgoh ko‘chasining Nomozgoh-Gulobod ko‘chalari chorrahasidan, Nomozgoh-X.A.Vali ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

S.Ayniy ko‘chasining S.Ayniy-X.A.Vali ko‘chalari chorrahasidan, S.Ayniy-U.U.Jo‘raqulov ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Registon ko‘chasining Registon-Universitet hiyoboni ko‘chalari chorrahasidan, Registon–So‘zangaron ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Universitet hiyoboni ko‘chasining Universitet hiyoboni-Registon ko‘chalari chorrahasidan, Universitet hiyoboni–Gulobod ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Ibn Sino ko‘chasining Ibn Sino-Dahbet ko‘chalari chorrahasidan, Ibn Sino–Rudakiy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

Ibn Sino-Daxbed ko‘chalari chorrahasidan Daxbed ko‘chasi, M-37A yo‘li bo‘ylab M-37A yo‘li kechishmasigacha (aylanma yo‘lni qamragan holda) bo‘lgan qismi;

M-37A avtomobil yo‘lining 33-41 km.lari oralig‘ida transport vositalarini harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

Musobaqa davomida tranzit harakatlanuvchi transport vositalarining harakati quyidagicha tashkil etiladi:

Toshkent-Navoiy yo‘nalishiga M-39 - 4R-48 avtomobil yo‘llari chorrahasidan 4R-48, 4K-493V avtomobil yo‘llari orqali harkatlanish tavsiya etiladi.

Kitob-Toshkent yo‘nalishiga M-39, M-37A avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37A avtomobil yo‘li orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

Qarshi-Toshkent yo‘nalishiga A-378 – M-37A avtomobil yo‘llari kesishgan qismida tashkil etilgan aylanma harakatdan M-37A avtomobil yo‘li orqali harakatlanish tavsiya etiladi. 

Toshkent-Kitob yo‘nalishiga M-37 – M-37A avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37A avtomobil yo‘li orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

Toshkent-Qarshi yo‘nalishiga M-37 – M-37A avtomobil yo‘llari chorrahasidan M-37A avtomobil yo‘li orqali harkatlanishingiz tavsiya etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring