Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bemor noto‘g‘ri ukol sabab vafot etgani aytilmoqda. Bosh prokuratura bayonoti

Samarqandda bemor noto‘g‘ri ukol sabab vafot etgani aytilmoqda. Bosh prokuratura bayonoti

Foto: Xabar.uz

Samarqand viloyati Payariq tumanida shifokorlar tomonidan bemorga noto‘g‘ri ukol qilingani va ushbu holat bemor o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bosh prokuratura mazkur xabarga izoh berdi

12-yanvar kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida 1992-yilda tug‘ilgan ayol vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harkatlari olib borilmoqda. 

Marhumaning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring