Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SamDU prorektori yordamchisi qo‘lga tushdi

SamDU prorektori yordamchisi qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIBning Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Samarqand davlat universiteti prorektori yordamchisi U.E. universitet talabasi S.ning ishonchiga kirib, uning o‘qishini Oliy ta’lim vazirligida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Urganch davlat universitetiga ko‘chirib berishi evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan prorektor yordamchisi U.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring