Samoada bosh vazirni hukumat binosiga kiritishmadi — u chodirda qasamyod qilishga majbur bo‘ldi

Samoa bosh vaziri etib saylangan «Yagona haqiqiy Xudoga e’tiqod» (Faʻatuatua i le Atua Samoa ua Tasi, FAST) partiyasi rahbari Fiame Naomi Matafa hukumat binosidan quvib chiqarildi va uni chodirda qasamyod qilishga majbur qilishdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Siyosatchi saylanishi bilan Inson huquqlarini himoya qilish partiyasi (Human Rights Protection Party, HRPP) va uning rahbari Tuilayepa Sailele Maliyelegaoi 40 yillik hukmronligi tugatildi.
24-may kuni yangi bosh vazir o‘z vazifasiga kirishishi va qasamyod qabul qilishi rejalashtirilgandi. Biroq sobiq bosh vazir hokimiyatni topshirishdan bosh tortib, uni hukumat binosiga kiritmadi. Natijada, Matafa ko‘chada, parlament yonidagi chodirda qasamyod qilishga majbur bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter