Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samolyot uchish yo‘lagida paydo bo‘lgan pingvin qutqarildi

Samolyot  uchish yo‘lagida paydo bo‘lgan pingvin qutqarildi

foto: 120.su

Vellington aeroportidagi (Yangi Zelandiya) uchish yo‘lagida paydo bo‘lgan pingvin bolasi «Air Chathams» aviakompaniya xodimlarining ancha vaqtini oldi. Ya’ni aeroport xodimlari pingvinni tutib olgunlaricha parvozni kechiktirishga to‘g‘ri keldi.

Taxminlarga ko‘ra, uchishga harakat qilgan pingvin aeroport atrofidagi panjara ostiga tushib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Endilikda bunday hol takrorlanmasligi uchun choralar ko‘rilmoqda. Taxminan olti haftalik bo‘lgan pingvin hozirda veterinarlar nazoratida. Qushning vazni kam bo‘lgani uchun u boqiladi. Bundan tashqari uning asosiy patlari o‘sgandan keyingina yovvoyi tabiatga qo‘yib  yuboriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring