Uchuvchi parvoz vaqtida to‘satdan vafot etdi
Latam Airlines aviakompaniyasi uchuvchisi AQShdan Chiliga parvoz vaqtida vafot etdi.
Qayd etilishicha, Mayami – Santyago yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan ekipajning uch yetakchi a’zosidan birining sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli samolyot Panamadagi Tokumen xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Aviakompaniyaning qayd etishicha, parvoz vaqtida uchuvchining hayotini saqlab qolish uchun barcha zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan, biroq ko‘rsatilgan yordamga qaramay, u vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter