Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung» antiqa dizaynli smartfonni tayyorlayapti

«Samsung» antiqa dizaynli smartfonni tayyorlayapti

Foto: «Njus»

«Ice Univerce» niki ostida yozuvchi mashhur insayder yaqinda Twitter-akkauntida qiziq bir post bilan shov-shuv ko‘targandi. Unga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi yarmida «Samsung», «Huawei» va «Vivo» kompaniyalari o‘ta original dizaynli smartfon chiqarishi kutilmoqda, deb yozadi «Terabayt».

Shunga ko‘ra, ko‘pchilik foydalanuvchilar «Samsung»ning eng qiziqarli smartfoni «Galaxy Note» 10 fableti bo‘lishini taxmin qilishgan. Ayrimlar esa baribir dizayn borasida Galaxy «Fold» ajralib turishini ta’kidlashgan.

Ammo kechagi postida «Ice Univerce» yuqoridagi taxminlarni inkor etdi:

«Ishonavering, 2019-yilning ikkinchi yarmida chiqadigan eng kreativ «Samsung» smartfoni Fold ham, Note 10 ham emas. Sabr qilishingizga to‘g‘ri keladi, bu haqda boshqa mendan so‘ramang».

Endi taxmin qilish mumkinki, «Samsung» smartfonlarning yangi lineykasini tayyorlamoqda – ularda old kamera displeyning ostiga yashiringan bo‘ladi. Kompaniya smartfonlar uchun «ko‘rinmas» kameralar, «gapiruvchi» va to‘liq daktiloskopli ekranlar ekranlar ustida ishlayotganini avvalroq o‘zi tasdiqlagan edi.

Yana bir variant: haliyam taqdim etilmagan «Galaxy A90» smartfoni shunaqa original dizaynga ega bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring