Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

San’atkorlardan 2027-yildan boshlab daromad solig‘i majburiy undiriladi

San’atkorlardan 2027-yildan boshlab daromad solig‘i majburiy undiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy tartibda undiriladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.

«San’atkorlarga 2025 va 2026 yillarda daromadlar deklaratsiyasini to‘g‘rilab, topshirish bo‘yicha imkoniyat beramiz. 2027-yil 1-yanvardan boshlab agar ular o‘z daromadlarini to‘liq ko‘rsatmasa yoki soliqlardan qochsa, biz soliq nazorati tekshiruvlari o‘tkazib, soliqlarni hisoblaymiz va undiramiz», – deydi Soliq qo‘mitasi rasmiysi.

Mubin Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, san’atkor va qo‘shiqchilar, qoida bo‘yicha, deklaratsiya to‘ldirishi va o‘z daromadlarini ko‘rsatib, shu asosda soliqqa tortilishi lozim. Biroq, juda ko‘p san’atkorlar bunga rioya qilmayapti. O‘z daromadlarini to‘liq deklaratsiyalamayapti.

Qayd etilishicha, hozir xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish doirasida san’atkorlarni soliqqa tortishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini tayyorlash jarayonlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring