Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sandra Bullok kinoga qaytmasligi mumkin

Sandra Bullok kinoga qaytmasligi mumkin

Shu yilning martida amerikalik kinoyulduz Sandra Bullok (57 yoshda) aktyorlik faoliyatini to‘xatatishini aytib, muxlislarini larzaga solgandi.

Aktrisaning ijodini qadrlovchilar ikki-uch oy oilasida bag‘rida dam olgach, u albatta qaytishini kutishgandi. Aftidan ta’til uzooq cho‘ziladigan ko‘rinadi: Bullok qachondir kinoga qaytishni istaydimi-yo‘qmi, bir nima deyolmasligini aytdi.

Ikki karra «Oskar» sohibasi yana kinoga qaytish uchun o‘zida kuch topa olishiga ishonmayapti. Hozircha. Demak, ta’til cho‘ziladi.

«Kimningdir tartib-qoidalariga qaram bo‘lib qolgim yo‘q. Qattiq charchadim. Shunchalikki, aqlli, tuzuk-quruq qarorga kelolmayapman. Buni endi anglayapman», — iqror bo‘ldi Sandra Ballok.

Aktrisa hozirgi holatini har gal muzlatkichni ochib har safar o‘zi istagan narsasini topolmayotgan odamnikiga o‘xshatdi. «Shuning uchun to‘xtashga, shartli muzlatkichdagi narsani qidirishni bas qilishga qaror qildim, baribir u narsa yo‘q. Uni o‘zimdan qidirishim, hammasini tartibga keltirishim kerak», — dedi u «The Hollywood Reporter» nashriga bergan intervyusida.

Sandra Ballok bor vaqtini oilasi va bolalariga sarflamoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring