Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari bo‘lmagan yoqilg‘i quyish stansiyalari ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari bo‘lmagan yoqilg‘i quyish stansiyalari ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi

Foto:«Xabar.uz»

Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi, deya xabar qiladi «Huquqiy axborot».

Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-martdan boshlab jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan, kechayu-kunduz ishlaydigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari, gaz va yoqilg‘i quyish stansiyalari (AGTKS, AGQS, AYoQS)ning ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu maqsadda respublika va hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladi.

Hududiy ishchi guruhlarning sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlashga oid qaror va talablarini bajarmaslik AGTKS va AYoQSlarga:

- tegishlicha gaz va neft mahsulotlari yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatish;
- ular litsenziyasining amal qilishini to‘xtatish haqida chora ko‘rish uchun asos bo‘ladi.

2019-yil 20-noyabrgacha bo‘lgan muddatda AGTKS, AGQS, AYoQSlarga zarurat bo‘lganda, sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish uchun qo‘shimcha yer uchastkalari ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring