Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanoqli soatlar ichida yana 240 kishi kasallandi, ikki bemor vafot etdi

Sanoqli soatlar ichida yana 240 kishi kasallandi, ikki bemor vafot etdi

2020-yil 5 -avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 554 (+240) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 176 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Qashqadaryo viloyatida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Toshkent viloyatida hamda yana 12 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga,  Sergeli tumanida yashagan 38 yoshli S.M. (erkak) hamda  Uchtepa tumanida yashagan 77 yoshli X.S. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 461 nafar, Toshkent viloyatida 132 nafar, Andijon viloyatida 21 nafar hamda Namangan viloyatida 17 nafar, jami 631 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 18 682 (+631) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (67 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 703 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring