Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardoba fojiasidan jabrlanganlar imtiyozli ravishda sanatoriylarda dam olishni boshladi (foto)

Sardoba fojiasidan jabrlanganlar imtiyozli ravishda sanatoriylarda dam olishni boshladi (foto)

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tassarrufidagi 22 ta sanatoriy fuqarolarni qabul qilishni boshladi. «Zamin» fondining imtiyozli yo‘llanmalari bilan sihatgohlarga tashrif buyurgan dastlabki dam oluvchilar «Sardoba» suv ombori fojiasidan jabr ko‘rgan Sirdaryo viloyati aholisi bo‘ldi.

Sihatgohlarda shifokorlar karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan faoliyat olib borishayotgan bo‘lsa, dam oluvchilar ham karantin tartibining barcha qoidalariga rioya etib, hordiq chiqarishayapti.



Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, sirdaryolik jami dam oluvchilar 966 nafardan iborat bo‘lib, ular poytaxtimiz, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi eng xushmanzara hamda namunali sanatoriylarda joylashtirildi. Xususan, Toshkent shahridagi «Chinobod» sanatoriysida 227 nafar, Toshkent viloyatidagi «Botanika» sanatoriysida 245 nafar, «Bo‘ston» sihatgohida 202 nafar, «Umid gulshani» sanatoriysida 65 nafar, «Qo‘hinur» sihatgohida 99 nafar, Sirdaryo viloyatining «Yangiyer» sihatgohida esa 128 nafarni tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring