Sardor Umrzoqov: «Endi pul yig‘ish avjiga chiqyapti ekan»
Ayni daqiqalarda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov paxta terimidagi qonunbuzilishlarni tanqid qildi.
«Viloyatlar rahbarlarini paxta terimida majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida alohida ogohlantirgan edik.
Shunga qaramay paxta terimi bo‘yicha har kuni ijtimoiy tarmoqlarda yangi-yangi xabarlar tarqalmoqda. Endi tadbirkorlardan, budjet tashkilotlarining oddiy xodimlaridan hasharchilarni jalb qilish uchun pul yig‘ish avjiga chiqyapti ekan.
Bu holatlardan bitta xulosa qilish mumkin. Mazkur ish bilan shug‘ullanayotgan har qanday rahbarni hurmatli Prezidentimiz siyosatlariga xiyonatkor deb baholash mumkin.
Bosh prokuratura (Nig‘matilla To‘lqinovich) bunday holatlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni hech ikkilanmay zudlik bilan jinoiy javobgarlikka tortishi kerak. Hududiy prokurorlar bilan birgalikda bizga qonun ustuvorligini ta’minlab berishlaringiz kerak», — dedi Sardor Umrzoqov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter