Saudiya Arabistoni G7 mamlakatlarini ogohlantirdi
Saudiya Arabistoni Rossiyaning muzlatilgan aktivlari musodara qilinishiga javoban Yevropa obligatsiyalarining bir qismini sotishi mumkinligidan G7 mamlakatlarini ogohlantirdi.
Bu haqda saudiyaliklar G7 vakillariga 2024-il boshida ma’lum qilishgan, deya xabar berdi Bloomberg o‘z manbalariga asoslanib.
Agentlikning suhbatdoshlaridan biri bu kabi ogohlantirishlarni «niqoblangan tahdid», deb atadi. Boshqa ikki manbaga ko‘ra, saudiyaliklar aynan Fransiyaning qarz majburiyatlarini eslatishgan.
Ushbu qadam Saudiya Arabistonining diplomatik ta’siri o‘sib borayotganidan dalolat beradi, deb yozdi Bloomberg.
G‘arb mamlakatlarini Saudiya Arabistonining o‘zi emas, balki uning ushbu qadamiga boshqa mamlakatlar ham ergashishi mumkinligi ko‘proq xavotirlantirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter