Saudiyalik taniqli jurnalist qatl etildi

Saudiyalik taniqli jurnalist Turki al-Jassir qatl etildi, deb xabar berdi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ).
Saudiya Arabistoni hukumati jurnalistni davlatga xoinlik, chet el tuzilmalari bilan hamkorlik, terrorizmni moliyalashtirish, milliy xavfsizlik va birlikka tahdidda aybdor deb topgan.

Al-Jassir X ijtimoiy tarmog‘i orqali podshohlik oila a’zolarini korrupsiyada ayblashda gumon qilinib, 2018-yilda hibsga olingandi.
CPJ ma’lum qilishicha, Al-Jassir Saudiya Arabistonida ayollar huquqi, arab bahori va korrupsiya kabi «nozik mavzular»da yozgan, hozirda yopilib ketgan Al-Taqrir gazetasi bilan hamkorlik qilgan.
Turki al-Jassir hibsga olinganidan so‘ng oilasi bilan muloqot qilishiga va advokat xizmatidan foydalanishiga ruxsat berilmagan. Unga nisbatan jismoniy va ruhan zo‘ravonlik qo‘llanilgan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter