Savdo-sanoat palatasi fermer va klasterlarni ogohlantirdi
Palataning eslatishicha, bugunni kunda fermer xo‘jaliklari tomonidan terib olingan paxtalar klasterlarga yuklab jo‘natilgan.
Qayd etilishicha, soliq kodeksining 22-moddasida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni berishi soliq to‘lovchilaring majburiyati ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Soliq kodeksining 223-moddasida yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi va soliqlarni hisoblash (QQS 12%, foyda solig‘i 15%) amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof qilinadi:
- fermer xo‘jaliklari uchun – hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
- klasterlar uchun – rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ushbu holatning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishingizni so‘raydi, deyiladi ogohlantirishda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter