Saylovda necha nafar sudyalar va sud xodimlari qatnashgani ma’lum qilindi
Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir soat 16:00 holatiga ko‘ra, jami 10 mingdan ortiq respublikamizning barcha sudyalari va sud xodimlari oila a’zolari bilan birgalikda o‘z fuqarolik pozitsiyasini bildirish uchun saylov uchastkalarida ovoz berishdi.
«Hozirgacha sudlarga birorta saylov qonunchiligi buzilishi bo‘yicha arizalar berilmaganini ma’lum qilaman», — dedi Kozimjon Komilov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ham hozircha prokuratura organlariga saylovga oid qonun buzilishi holati ma’lum qilinmaganini ta’kidlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter