Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyoramizdagi eng yoshi ulug‘ erkak nomi ma’lum qilindi

Sayyoramizdagi eng yoshi ulug‘ erkak nomi ma’lum qilindi

Foto: «Flickr»

Yaponiya fuqarosi Masadzo Nonaka 112 yoshida sayyoramizning eng yoshi ulug‘ erkak kishisi deb e’tirof etildi. Bu haqda Ginnessning rekordlar kitobi rasmiy saytiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar qildi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Ginnesning rekordlar kitobi tashkilotining Yaponiyadagi filiali vitse-prezidenti Erik Ogava otaxonga maxsus sertifikatni topshirgan.

Ma’lum qilishlaricha, Nonaka 1905-yilning 25-iyun kuni tavallud topgan. U Hokkaydo orolidagi Asyoro shaharchasida yashaydi.

Shu yoshiga qaramay, Nonaka televizor ko‘rish, gazeta o‘qishni kanda qilmaydi.

Eslatma o‘rnida: sayyoramizdagi eng ko‘p yashagan inson sifatida 122 yoshli Jan Luiz Kalman tan olingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring