Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sazanchik»da ofitsiantni pichoqlab qo‘yishdi

«Sazanchik»da ofitsiantni pichoqlab qo‘yishdi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 6-may kuni soat 20:30 larda 32 yoshli M.Salim, 38 yoshli X.Zafar va 39 yoshli X.Sohiblar Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan «Sazanchik» restoranida spirtli ichimlik iste’mol qilishgan. So‘ng ularga xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiant 26 yoshli H.Qosimjonning xizmati yoqmayotganligini vaj qilib, uni hech bir sababsiz haqorat qilib, do‘pposlashgan. Janjal vaqtida M.Salim uning qorin sohasiga pichoq sanchib olgan. Natijada H.Qosimjon shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b,v» bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Salim, X.Zafar va X.Sohiblarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring