Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
![Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi](http://static.xabar.uz/crop/3/6/720_460_95_3650996726.jpg)
Bugun, 11 iyun kuni poytaxtning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalaridagi ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.
Elektr ta’minoti o‘chiriladigan manzillar:
- Mirzo Ulug‘bek tumani: «Avayxon» va «Sayram» MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Olmazor tumani: «Oltinsoy», «Islom ota», «Qichqiriq», «Istiqbol», «G‘alaba», «Tabassum», «Bo‘stonobod», «Shodiyona», «Yangi Toshkent», «Moyariq», «Ahil» hamda «Elparvar» MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00 dan 17:00 gacha.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter