Senat Raisi joylarda sanitariya holati talabga javob bermasligini ta’kidladi

Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.
«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragidagi ijrosi yuzasidan hisoboti tinglangan.
Senat Raisi muhokama davomida respublikaning 6 ta hududidagi olib borilgan o‘rganishlarda ovqatlanish ob’yektlari, xususan bozorlar, maktablar, maktabgacha ta’lim mussasalarida sanitariya holati hali ham talabga javob bermasligi, oshpazlarning sanitariya sohasida malakaviy bilimi mavjud emasligini ta’kidladi.
Tanzila Norboyeva o‘z navbatida Hukumat va hokimlarni mazkur holatga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter