Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatning ellik beshinchi yalpi majlisini chaqirish sanasi ma’lum qilindi

Senatning ellik beshinchi yalpi majlisini chaqirish sanasi ma’lum qilindi

Senatning ellik beshinchi yalpi majlisini 2024-yil 15-avgust kuni chaqiriladi. Bu to‘g‘ridagi qaror bugun, 14 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida qabul qilindi.

Qayd etilishicha, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilinadi.

Xususan, «O‘zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qonun, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun, «Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi hamda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar muhokamasi reja qilingan.

Shuningdek, kun tartibidan «Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish  va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun, bir qator xalqaro hujjatlarga qo‘shilish va Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlar ham o‘rin olgan.

Navbatdagi yalpi majlisda O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar ro‘yxatini tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, sohaning boshqarish mexanizmlarini hamda qonunchilik bazasini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha axborotini eshitish ham rejalashtirilmoqda.

Yalpi majlisda Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring