Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
Bugun, 29 sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Unda Senat a’zolari, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter