Senatning sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi

Bugun, 21-oktyabr kuni parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni tasdiqlandi.
Shuningdek, Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlari ham tasdiqlandi.
Yalpi majlisda 17 ta masala, shu jumladan, 4 ta qonun ko‘rib chiqildi.
Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter