Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senator va deputatlar snayper, pistolet va pulemyotdan o‘q otdi. Uch deputat «qoniqarsiz» baho oldi (foto)

Senator va deputatlar snayper, pistolet va pulemyotdan o‘q otdi. Uch deputat «qoniqarsiz» baho oldi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli O‘zbekistondagi eng katta poligon – «Kattaqo‘rg‘on» dala-o‘quv maydoniga Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov boshchiligida senator va deputatlar tashrif buyurdi. Bu haqda harbiy jurnalist kapitan G‘ayrat Madrahimov Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Harbiy formadagi deputat va senatorlarga Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov poligonda harbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rsatdi. Faxriylar, harbiy prokurotura xodimlari, deputat va senatorlar tomonidan poligondagi harbiy shaharcha hududiga 200 ga yaqin ko‘chat ekildi.

Shundan so‘ng, 45 nafar senator va deputat amaliy o‘q otish maydoniga yo‘l oldi. 15 nafar ayol deputat (ulardan 2 nafari senator) TOZ-8 qurolidan sinov mashqlarini bajardi. Viloyat hokimi va okrug qo‘mondoni hamda ikki senator Makarov pistoletidan, 27 deputat esa snayper va qo‘l pulemyotidan o‘q otishdi.

Dastlabki 6 dona o‘q sinov tariqasida, keyingilari baho uchun otildi. Otish tayyorgarligi va uning baholanib borishiga polkovnik Qahramon Achilov mas’ul etib belgilandi. Deputatlar ilk marotaba o‘q uzishlariga qaramasdan, natijalar yomon bo‘lmadi. Unga ko‘ra, 8 ta «a’lo», 13 ta «yaxshi» hamda 21 ta «qoniqarli» baho qo‘yildi. Uch deputat esa Navoiy shahriga «qoniqarsiz» baho bilan qaytadigan bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida senator va deputatlarga hamda «Harbiy-vatanparvarlik sport lageri»da 5 kun davomida faollik ko‘rsatgan yoshlarga Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligini esdalik sovg‘alari topshirildi.

Harbiy orkestri ijrosidagi «Jangovar safda» nomli ko‘rgazmali hamda qo‘l jangi chiqishlari barchaga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring